Rasman: “Real” o‘z futbolchisini 3 million evroga sotib yubordi

  • 29 iyul, 07:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi rasmiy sayti orqali 20 yoshli markaziy yarim himoyachi Chema Andresni transfer qilgani haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Ispaniyalik futbolchining keyingi manzili Bundesliga vakili “Shtutgart” bo‘ladi. Andres nemislar bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Transfermarkt portalida qayd etilishicha, “Shtutgart” madridliklar o‘yinchisi uchun 3 million evro to‘lagan.

- Klubimiz Andresga “Real”da bo‘lgan vaqtdagi faoliyati, harakati va sadoqati uchun minnatdorlik bildiradi. Unga va oilasiga hayotining yangi bosqichida muvaffaqiyat tilaydi, - deyiladi “Real” bayonotida.

Chema Andres “Qirollik klubi”ga 2018 yili 13 yoshida “Levante”dan kelgan. O‘tgan mavsumda asosn “Kastilya” uchun o‘ynagan futbolchi yanvar oyida “Real”ning asosiy jamoasida ham debyutini nishonladi. Umumiy hisobda, Andres asosiy tarkibda La Ligada ikkita va mamlakat kubogida bitta uchrashuvda qatnashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!