
Rasman! Ravshan Ermatov yangi ish joyiga o‘tdi. Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi vakili vazir o‘rinbosariga aylandi
Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda rahbarlik lavozimlarida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov Milliy olimpiya qo‘mitasiga o‘tganligi uchun uning o‘rniga O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tayinlandi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari Sharifjon Mo‘minjonov o‘rniga Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Elbek Shukurov tayinlandi.
Fikrlar