
Rasman! "Qo‘qon-1912" klubi "Xorazm" futbolchisi Beshimovni sotib oldi!
Shahzodbek Beshimov - "Qo‘qon-1912" jamoasining yangi a’zosi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
"Qo‘qon-1912" jamoasi ikkinchi davrada tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda. Jamoa yosh va iqtidorli hujumchi Shahzodbek Beshimovni "Xorazm" klubidan transfer qildi. "Qo‘qon-1912" jamoasi Shahzodbek Beshimov bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.
"Jamoamizga xush kelibsan, Shahzodbek Beshimov", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
Fikrlar