
Rasman! PSJ yangi murabbiyini ommaga e’lon qildi (FOTO)
Kristof Galte PSJning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
55 yoshli frantsiyalik mutaxassis bundan avval “Nitstsa”ni boshqarayotgan edi. U Parij klubida argentinalik hamkasbi Maurisio Pochettinoning o‘rnini egalladi.
Oldinroq Galte parijliklar bilan “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi. Hozirda murabbiy Parijda matbuot anjumani o‘tkazmoqda, klub hali kelishuv tafsilotlarini to‘liq e’lon qilmadi.
Ma’lumot uchun, Galte 2020/21 yilgi mavsumda “Lill” bilan Frantsiya chempionatida g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar