
Rasman! "Portu" Angliyadan futbolchi sotib oldi
Portugaliyaning "Portu" klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Angliyadan futbolchi sotib oldi. 19 yoshli Denni Louder endi Portugaliya chempionatida faoliyat olib boradi. "Reding" klubi sobiq hujumchisi yangi jamoasi bilan 2022 yilgacha shartnoma imzoladi.
Angliya yoshlar terma jamoasi a’zosi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar