
Rasman! "Paxtakor" navbatdagi legioner futbolchi transferini e’lon qildi
"Paxtakor" navbatdagi legioner futbolchini tanishtirdi. Brayan Riaskos "sherlar"ning yangi a’zosiga aylandi.
1994 yil Kolumbiyada tavallud topgan Riaskos O‘zbekistonga Xitoyning "Tsindao Vest Kost" jamoasidan tashrif buyuradi. Chin yurtida 16 ta o‘yinda 6 ta gol urgan hujumchi klubda 94-raqamda o‘ynaydi. Faoliyati davomida "Gaziantep", "Metallist", "Nasonal" kabi klublarda to‘p tepgan.
"O‘zbekistonning eng kuchli jamoasida to‘p tepishimdan xursandman. Tug‘ilgan yilimga monand 94-raqamni tanlayman va "Paxtakor" muxlislarini o‘z gollarim bilan xursand qilaman", - deydi Riaskos.
Fikrlar