Rasman! "Paxtakor" bosh murabbiyi bilan xayrlashdi

  • 10 yanvar, 2022, 19:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum O‘zbekiston Superligasi chempioni bo‘lgan "Paxtakor" klubni o‘tgan mavsumda boshqargan niderlandiyalik mutaxassis bilan shartnoma uzaytirmadi.

Tecno

"Klub tizimida 4,5 yil ishlagan va 2021 yil bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan Piter Xyuistra bilan shartnoma uzaytirmasligi to‘g‘risida klub rahbariyati qaror qildi. "Paxtakor" futbol klubi Piter Xyuistra va u bilan birga mehnat qilgan Gocha Tkebuchava va Laslo Yamborga jamoada amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.

Tez orada jamoaning yangi bosh murabbiyi nomi e’lon qilinadi",-deya xabar bermoqda "sherlar" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!