Rasman! O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi

  • 8 fevral, 2020, 16:43
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 2018 yilning mart oyidan buyon O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Azamat Abduraimov o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqqan edi.

Tecno

O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga endilikda ushbu yosh toifasidagi futbolchilar bilan ishlashda katta tajribaga ega bo‘lgan Olim Shokirov ustozlik qiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha O‘FA Murabbiylar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishga nomzodlar ko‘rib chiqildi. Murabbiylar kengashining tavsiyasi inobatga olingan holda Olim Shokirov endilikda O‘zbekiston U-16 terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ish olib boradi. Shu paytga qadar O‘zbekiston U-16 terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelgan mutaxassislar ham faoliyatini davom ettiradi – Sergey Arslanov (katta murabbiy), Timur G‘aniyev (darvozabonlar murabbiyi) hamda Jamshid Umarov (jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy).

Shuningdek, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi murabbiylar shtabida tajribali mutaxassislar – Islom Ahmedov va Dilshod Nuraliyev maslahatchi murabbiy sifatida o‘z tavsiyalarini berib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!