
Rasman! O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi "Navbahor"ga o‘tdi
Tajribali himoyachi Farrux Sayfiev “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.
Sayfiev 1991 yil, 17 yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Nasaf” (Qarshi, 2012-2017 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2018-2023 yillar) jamoalarida o‘ynagan.
O‘tgan mavsumda poytaxtliklar tarkibida barcha musobaqalarda jami 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan holda, 8 ta golga assistentlik qilgan.
Farrux Sayfiev 2014 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi va hozir Osiyo kubogida qatnashmoqda.
Fikrlar