Rasman! Osiyoda yana bir mashhur murabbiy ish boshladi

  • 6 iyun, 2023, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frank de Bur rasman BAAning “Al-Jazira” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

De Bur 2021 yildan beri, ya’ni Niderlandiya terma jamoasidan ketganidan buyon murabbiy sifatida ishlamadi. U faoliyati davomida "Ayaks" (2010 - 2016), "Inter" (2016) va "Kristal Pelas" (2017) kabi mashhur klublarni boshqardi. Shuningdek, u MLSda (2019-2020) “Atlanta Yunayted”ga ham ustozlik qildi. U Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida 2020 yildan 2021 yilgacha faoliyat yuritdi.

Niderlandiyalik mutaxassis faoliyatida bir qancha muhim yutuqlarga erishgan. "Ayaks" bosh murabbiyi sifatida u 2010 yildan 2014 yilgacha Niderlandiya milliy chempionatlarida ketma-ket to‘rt marta g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, u 2010 va 2013 yillarda Amsterdam klubini mamlakat kubogi sohibiga aylantirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!