Rasman! “Oltin butsa” egasi joyini topdi

  • 31 avgust, 2020, 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropa chempionatlari to‘purari tanlovida g‘olib chiqqan Chiro Immobile “Latsio”da yana besh yil to‘p suradigan bo‘ldi.

Rim klubi  rasmiy sayti mohir to‘purar 2025 yilning yoziga qadar jamoada qolishini e’lon qildi. Garchi shartnomaning moliyaviy ma’lumotlari sir tutilayotgan bo‘lsa-da, avvalroq Immobilega yiliga 4 million evroga yaqin maosh taklif qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Oltin butsa” sohibiga tarkibini yangilayotgan “Barselona” ham qiziqish bildirgandi. Lekin 30 yoshli hujumchi kataloniyaliklarning taklifini kutib o‘tirmadi va qo‘lida turgan tayyor shartnomani imzoladi.

“Oltin butsa” sohibi kutilmagan shartnomaga ega bo‘ldi

Kuman kutayotgan to‘purar kim?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!