
Rasman! "Nyukasl" Sher bilan shartnomani uzaytirdi
"Nyukasl" klubi jamoa himoyachisi Fabian Sher bilan shartnoma muddatini uzaytirdi. Bu to‘g‘risida klub rasmiy sayti ma’lumot berdi. Manbaga ko‘ra, endilikda himoyachi 2025 yil yoziga qadar "qarg‘alar" safida to‘p tepishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Fabian "Nyukasl" safiga 2018 yil "Deportivo" tarkibidan kelib qo‘shilgandi. Shundan beri u klub safida 169 uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.
Joriy mavsum Sher "Nyukasl" bilan APLning 20 o‘yinida ishtirok etdi va bitta assistni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.
Fikrlar