Rasman! "Neftchi" "Paxtakor" posbonini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 27 dekabr, 2023, 16:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" jamoasi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun tajribali  darvozabon Sanjar Quvvatov "Neftchi" jamoasi bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning darvoza dahlsizligini qo‘riqlaydi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Sanjar Quvvatov joriy yilni O‘zbekiston Superligasi g‘olibi Toshkentning “Paxtakor" klubida o‘tkazdi. Futbolchi  o‘tgan mavsumda  jami 20 uchrashuvda 1800 daqiqa  harakat qilib, darvozasidan 19 ta gol olib chiqdi.

Futbolchi faoliyati davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va turli toifadagi terma jamoalar tarkibida, shuningdek, "Mashal" va "Nasaf" klublarida ham to‘p surgan. Superligada jami 144 uchrashuvda maydonga chiqib  darvozasidan 121ta gol olib chiqqan.

paao

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
27/12/2023 16:46
Эй саводсиз голни олиб чикмайди тупни олиб чикади.