
Rasman! "Navbahor" "Paxtakor" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Namanganning "Navbahor" jamoasi navbatdagi transferni e’lon qildi. "Paxtakor" futbolchisi Po‘latxo‘ja Xoldorxonov "lochinlar" a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.
"Navbahor" qishki transfer oynasidan samarali foydalangan holda, o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to‘ldirishda davom etmoqda. Shunday o‘yinchilardan biri, mahoratli hujumchi Po‘latxo‘ja Xoldorxonov jamoamiz tarkibiga qo‘shildi.
Mazkur futbolchi 2003 yil, 6 iyulda Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Toshkentning “Paxtakor” (2021, 2023-2024 yillar) va “Olimpik” (2022 yil) jamoalarida to‘p tepgan.
Po‘latxo‘ja Xoldorxonov O‘zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda o‘ynagan va O‘zbekiston-U-20 yoshlar jamoasi tarkibida 2023 yili Osiyo chempioni bo‘lgan, shuningdek, O‘zbekiston-U-23 olimpiya terma jamoamizning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
Biz jamoamizning yangi futbolchisiga "Navbahor”da omad yor bo‘lib, “lochinlar”ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar