Rasman! "Navbahor" Lobanovni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi

  • 10 fevral, 2024, 19:52
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Tajribali darvozabon Aleksandr Lobanov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Lobanov 1986 yil, 4 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2005-2006 yillar), “Qaysar” (Qizilo‘rda,Qozog‘iston, 2007 yil), “Akjayik” (Uralsk, Qozog‘iston, 2008 yil), “Buxoro” (Buxoro, 2009-2010 yillar), “Aral” (Nukus, 2011 yil), “Paxtakor” (Toshkent, 2012-2015 yillar, 2016 yilning 2-davrasi – 2018 yil), “Metallurg” (Bekobod, 2019–2023 yillar) jamoalari darvozasini qo‘riqlagan.

O‘zbekistonning 3 karra chempioni (2012, 2014-2015 yillar), shuningdek, milliy chempionatimizning kumush (2018 yil) va bronza (2017 yil) medallari sohibi.

Bundan tashqari, Eron chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgan ("Persepolis" safida, 2016 yil). 2015-2017 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Doston Gafuroff
10/02/2024 19:57
Шу лобановви корсам бутун Тарих кайта такрорланади коз олдимда
Doston Gafuroff
10/02/2024 19:57
Ахаххаха Ота бола топишибтиде