
Rasman! "Navbahor" legioneri jamoani tark etdi
"Navbahor"ning tojikistonlik 23 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe jamoani tark etdi. U faoliyatini Eronning “Zob Axan” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Panshanbe “lochinlar” tarkibiga 2020 yilning 2-davrasida Tojikistonning “Istiqlol” klubidan kelib qo‘shilgandi. Tojikistonlik yarim himoyachi O‘zbekiston O‘zbekiston Superligasi bahslarida “lochinlar” tarkibida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2723 daqiqa to‘p tepgan holda, raqiblar darvozasiga 2 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi. Joriy mavsumda Ehsoni 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 75 daqiqa o‘ynadi.
Avvalroq, saytimiz orqali bu transfer haqida ma’lumot bergan edik.
Fikrlar