
Rasman! Nagelsmann Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Yulian Nagelsmann rasman Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
36 yoshli mutaxassis bilan 2024 yilning 31 iyuniga qadar shartnoma imzolandi. Shu tariqa, Nagelsmann Germaniya terma jamoasini Evro-2024 musobaqasida boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya futbol federatsiyasi qoniqarsiz natijalar sababli Xans Flikni ist’efoga chiqargandi.
Fikrlar