
Rasman! Nagelsmann "Bavariya"ga qaytmaydi, u Germaniya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi
Yosh va umidli bosh murabbiy Yulian Nagelsmann Germaniya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi.
Endilikda mutaxassis 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yakuniga qadar "Bundestim" boshqaruvida bo‘ladi. Natijalarga qarab, uning kelajagi keyinchalik ikki tomonlama muhokama qilinadi.
Oldinroq, ko‘plab OAVda Yulianning "Bavariya"ga qaytishi va Tomas Tuxel o‘rnini egallashi haqida xabarlar tarqalayotgan edi.
Fikrlar