Rasman! Nabil Fekir "Betis"ga ko‘chib o‘tdi (video)

  • 23 iyul, 2019, 11:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lion” klubi yarim himoyachisi Nabil Fekir rasman “Betis”ga futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Sevilyaliklar 26 yoshli futbolchi uchun frantsuz klubiga 19,5 million evro to‘lashdi. Biroq, ushbu mablag‘ kelajakdagi bonuslar hisobiga yana 10 millionga ortishi mumkin. Fekir esa yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Fekir “Lion” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2013 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida 193 ta o‘yinda maydonga tushdi va 69ta gol hamda 46ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!