
Rasman! Murodjon Ahmalaliea va Ronni Rios jangi e’lon qilindi (poster)
Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF chempioni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev (10-0, 7KO) navbatdagi jangini 25 iyun kuni WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar hisoblangan Ronni Riosga (33-3, 17KO) qarshi o‘tkazishi rasman e’lon qilindi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtatidagi "Tech Port Arena"da bo‘lib o‘tadigan kechaning asosiy jangida super o‘ta engil vaznda (52,1 kg) WBC chempioni Jessi Rodriges o‘z kamarini Visaksil Vangekkadan himoya qilsa, ikkinchi asosiy jang Xulio Sezar Martines va MakUilyams Arroyo o‘rtasida revansh bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ushbu kardda ayollar yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, amerikalik Jessika MakKaskill ham o‘z kamarlarini himoya qiladi. Ahmadaliev va Rios jangi 4-asosiy jang etib belgilangan.
Fikrlar