Rasman! Muhammad Isaev - "Yangier" futbolchisi

  • 30 iyul, 2022, 20:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muhammad Isaev "Yangier-quruvchi" jamoasi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.  

Tecno

Birinchi davrani Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi tarkibida o‘tkazgan yarim himoyachi endi faoliyatini "Yangier-quruvchi"da davom ettiradi.

Klub va futbolchi o‘zaro kelishuvga erishdi. Isaev yil yakuniga qadar yangierliklar sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Muhammad 1994 yil 1 sentyabr kuni tavallud topgan. U faoliyati davomida AGMK, "Dinamo", "Metallurg" va "Andijon" kabi jamoalar safida to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!