
Rasman! Miralem Pyanich TsSKA futbolchisi
To‘rt karra Italiya chempioni "1+1" sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolab, Moskva klubiga qo‘shildi. Miralem jamoada 15-raqam ostida o‘ynaydi.
Pyanich Turinning "Yuventus" tarkibida to‘rt marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritgandi, ikki marta Italiya kubogi sohibi va Chempionlar ligasi finalchisiga aylandi. Bosniyalik futbolchi "Lion", "Roma" va "Barselona" klublarida ham to‘p surgan va “ko‘k-anorranglilar” bilan Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan.
Yarim himoyachi Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida 115ta o‘yin o‘tkazib, 17ta gol urgan va 29ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar