Rasman! Manuel Pellegrini - "Betis" bosh murabbiyi!

  • 9 iyul, 2020, 18:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Manuel Pellegrini "Betis" bosh murabbiyi sifatida ish boshladi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Tecno

Ta’kidlanishicha, chililik 66 yoshli mutaxassis ispan klubi bilan 2023 yilning yozigacha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekdi.

Pellegrini 2019 yilning dekabrida "Vest Xem" boshqaruvidan ketganidan so‘ng, o‘tgan davr mobaynida erkin agent maqomida yurgan edi.

Ayni damda sevilyaliklar Ispaniya chempionati 35-turidan so‘ng, 41 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 13-o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!