
Rasman! "Manchester Yunayted" o‘z yulduzi bilan xayrlashdi (foto)
"Manchester Yunayted" yulduzi Pol Pogba faoliyatini boshqa jamoa libosida davom ettiradi.
Mankuniyaliklar matbuot xizmati frantsiyalik futbolchi ketganini ma’lum qildi va u bilan xayrlashdi. Pogba 2016 yilda "Yuventus"dan "qizil iblislar" tarkibiga kelib qo‘shilgandi.
Bu vaqt oralig‘ida u 233 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 39 gol va 51 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar