
Rasman! "Manchester Siti"ning yana bir futbolchisi "Barselona"ga tekinga o‘tdi
"Barselona" o‘zining rasmiy saytida "Manchester Siti" markaziy himoyachisi Erik Garsiya bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
20 yoshli ispaniyalik futbolchi "ko‘k-anor ranglilar" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va klub bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, Garsiyaning tovon puli 400 million evro etib belgilangan.
Erik Garsiya asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tuzilmasida 2017 yilga qadar to‘p surgan.
Garsiya yakunlangan mavsum “Manchester Siti” tarkibida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Kecha "Manchester Siti"ning yana bir futbolchisi Serxio Aguero ham "Barselona" bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar