
Rasman! "Manchester Siti" Gvardiol transferini e’lon qildi (video)
"Manchester Siti" Yoshko Gvardiolni o‘z tarkibiga qo‘shib olganini rasman ma’lum qildi.
Himoyachi "shaharliklar" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U Mateo Kovachichdan keyin klubdagi ikkinchi xorvatiyalik futbolchiga aylandi. "Leyptsig" bu transferdan 90 million evro ishlab oladi. Bu esa Gvardiolni eng qimmat himoyachilardan biriga aylantirdi.
Yoshko yangi klubga ko‘chib o‘tganidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Men har doim Angliyada o‘ynashni orzu qilganman. "Manchester Siti"da o‘ynash - men uchun sharafdir. O‘tgan mavsum "Siti"ning o‘yinini ko‘rgan odam biladiki, bu dunyodagi eng kuchli jamoa", - dedi 20 yoshli futbolchi.
Fikrlar