
Rasman! Leonardo Bonuchchi "Fenerbaxche" futbolchisi!
Rasman "Fenerbaxche" Leonardo Bonuchchi transferini e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 36 yoshli himoyachi "Union Berlin" bilan amaldagi shartnomani bekor qilib, Turkiya klubi bilan 6 oylik bitim borasida kelishib oldi. Uning transferida Edin Jeko asosiy rolni o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, Bonuchchi mavsum boshida "Union Berlin" bilan 1 yillik shartnoma imzolagandi. Ammo jamoa bilan kelisha olmay, boshqa klubga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.
Fikrlar