
Rasman. Lempard murabbiylik faoliyatini Chempionship klubida davom ettiradi
Frenk Lempard "Koventri Siti" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolandi. Shanba kuni Lempard Chempionatning 18-tur doirasida "Kardiff"ga (21-o‘rin) qarshi bahsda jamoani boshqarishi mumkin. Ingliz murabbiyning shtabiga unga hamkorlik qilgan Jo Edvards va Kris Jons kirdi.
Jamoa Chempionship turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Lempard ilgari "Derbi Kaunti", "Chelsi" va "Everton" klublarini boshqargan.
Fikrlar