Rasman! Legionerlar Rossiya klublarini tark etayotgan bir paytda kolumbiyalik futbolchi "Zenit" bilan shartnoma imzoladi

  • 1 iyul, 2022, 09:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Zenit” matbuot xizmati klubning rasmiy sayti orqali kolumbiyalik hujumchi Mateo Kasserraning transferi haqida ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ushbu transfer summasi 4,5 million evroni tashkil qilgan. Piterliklar 25 yoshli futbolchi bilan “3+1” ko‘rinishida shartnoma imzolagan.

Mateo Kasserra uchun Rossiya chempionati begona emas. Boisi u 2021 yildan beri “Sochi” jamoasida to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida sochiliklar safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U bundan avval “Deportivo Kali”, “Ayaks”, “Groningen”, “Rasing” va “Belenenses” klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!