
Rasman! Legionerimiz klubini o‘zgartirdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi Shahboz Umarov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
Legionerimiz Qozog‘istonning "Ordabasi" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini aynan shu erda ijara asosida o‘tkazgandi. Endi u butunligicha chimkentliklar a’zosiga aylandi.
Umarov bungacha Belarusning BATE klubi sharafini himoya qilgan va murabbiy bilan kelishmovchilik tufayli maydonga tushirilmayotgandi.
BATE matbuot xizmati
Fikrlar