
Rasman! Krouford - Madrimov jangi uchun poster e’lon qilindi (foto)
Turki Al ash-Shayx Terens Krouford va Isroil Madrimov o‘rtasidagi jang uchun rasmiy posterni e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, 4 avgustga o‘tar kechasi Los-Anjelesda boks oqshomi bo‘lib o‘tadi va uning asosiy jangida o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi hamyurtimiz Isroil Madrimov ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tariladi.
E’tiborlisi, ushbu kechaning maxsus mehmoni jahon rep yulduzi Eminem bo‘ladi.
Fikrlar