
Rasman! "Kristal Pelas" "Maynts"ning eng yaxshi to‘purarini tarkibga qo‘shib oldi
“Kristal Pelas” “Maynts” forvardi Jan-Filipp Matetani keyinchalik sotib olish huquqi bilan joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli frantsuzning ijarasi London klubiga 3 mln evroga tushgan. Agar Mateta joriy mavsum APLda 15 ta o‘yinda maydonga tushsa, “Kristal Pelas” uni 15 mln evro evaziga to‘liq sotib oladi.
Qayd etish lozimki, Mateta “Maynts”ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. U Bundesligada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar