Rasman! Kovachich "Chelsi" futbolchisiga aylandi

  • 1 iyul, 2019, 22:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachich “Chelsi”da to‘p surishda davom etadi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 25 yoshli futbolchining transferini “Real”dan to‘liq sotib olishgan. Hozircha transferning moliyaviy tomonlar rasman e’lon qilinmayapti. Biroq, ma’lumotlarga ko‘ra Kovachich “Chelsi”ga 50 mln evro tushgan. Futbolchi “Chelsi” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Kovachich o‘tgan mavsumni “Chelsi” safida ijarada o‘tkazgan edi. Shu bois londondiklar FIFAning transfer ta’qiqiga qaramay uni sotib olish huquqiga ega edilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!