
Rasman! Kelasi mavsum Evropa chempionlar ligasida A Seriyaning 5 ta klubi ishtirok etadi
Kelasi mavsum Evropa chempionlar ligasida A Seriyaning 5 ta klubi ishtirok etadi.
Musobaqaning yangi formatida hozirgi kabi 32 emas, balki 36 jamoa qatnashishi ko‘zda tutilgan. To‘rttadan ikkita kvota o‘tgan mavsumlay mobaynida UEFA koeffitsientlari jadvalida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ligalar o‘rtasida taqsimlanadi.
Bugun tunda "Roma" "Milan"ni, "Atalanta" esa "Liverpul"ni engib, Evropa ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. O‘z navbatida, "Fiorentina" konferentsiyalar ligasida "Viktoriya Plzen"ni umumiy 2:0 hisobida mag‘lub qildi va musobaqa yarim finalchisiga aylandi.
Shu tariqa, Italiya federatsiyasi birinchi bo‘lib chempionlar ligasida qo‘shimcha o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu shuni anglatadiki, hozirda hatto A Seriyaning beshinchi va oltinchi o‘rinlarida borayotgan "Roma" va "Atalanta"da ham keyingi yil EChLda qatnashish imkoni taqdim etilishi mumkin.
Fikrlar