
Rasman! "Kalyari" 19 yoshli futbolchi transferini e’lon qildi!
"Kalyari" jamoasi 19 yoshli Matteo Prati transferini e’lon qildi. Bu haqda klub o‘zining rasmiy sayti orqali xabar berdi.
Prati bilan 2028 yil 30 iyuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzolangan. U "Spal"dan 5 million evro evaziga xarid qilindi.
Shuningdek, yarim himoyachi Italiya U-20 termasi bilan jahon chempionatining finaliga qadar etib borgan.
Fikrlar