
Rasman! "JCh-2034" Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi
Rasman 2034 yilgi jahon chempionati Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino ma’lum qildi.
Saudiya musobaqaga mezbonlik qilish uchun ariza topshirgan yagona mamlakat bo‘ldi. Avvalroq Avstraliya JCh-2034 mezbonligi uchun ariza bermaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgandi.
Indoneziya va Avstraliya qo‘shma ariza berishni rejalashtirgan edi, ammo keyin Indoneziya turnirni o‘tkazish uchun raqobatdan voz kechdi va Saudiya Arabistonining taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Navbatdagi ikki mundial mezbonlari allaqachon aniqlangan. 2026 yilda turnir AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi, 2030 yilda esa turnir o‘yinlariga ilk bor oltita davlat – Urugvay, Paragvay, Argentina, Marokash, Portugaliya va Ispaniya mezbonlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi jahon chempionatiga Qatar mezbonlik qilgandi va unda Argentina terma jamoasi jahon chempioni bo‘lgan edi.
Fikrlar