
Rasman! "Inter" futbolchisi erkin agent sifatida jamoani tark etdi
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachi Roberto Galyardini erkin agent sifatida jamoani tark etishini rasmiy manbalarda e’lon qildi.
O‘tgan mavsumda Roberto "neradzurrilar" safida 29 ta rasmiy jangda qatnashgan va ularda gol urmagan. "Transfermarkt" futbolchini 4 million evroga baholamoqda.
Futbolchi "Inter" safiga 2017 yilda "Atalanta"dan o‘tgandi. Bu vaqt ichida u 190ta uchrashuvda qatnashib, 16ta gol urgan.
Avvalroq, 29 yoshli futbolchiga asosiy da’vogarlar kelasi mavsumni Italiya A Seriyasida o‘tkazadigan "Jenoa" va "Monza" klublari ekanligi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar