Rasman! Iker Kasilyas 39 yoshida faoliyatini yakunladi

  • 4 avgust, 2020, 16:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas bugun professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 39 yoshli posbon 2019 yilning aprelidan buyon maydonga tushmay kelmoqda. U o‘tgan yilning may oyida yurak xurujini boshdan kechirgan edi.

Kasilyas 1998-2015 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng, “Portu”ga ko‘chib o‘tdi. U Ispaniya terma jamoasi safida Evropa va jahon chempioni hisoblanadi.

Endilikda Iker “Qirollik klubi” rahbariyatida faoliyat olib borishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!