
Rasman! Ibragimovich mavsum yakunigacha "Milan"da o‘ynaydi
Italiyaning “Milan” klubi shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovichning yana jamoaga qaytganini ma’lum qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda 38 yoshli futbolchi “rossonerilar” bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzolagan.
"O‘zim sevgan va hurmat qilgan klub va shaharga qaytyapman. Endi jamoadoshlarim bilan mavsumda burilish yasash uchun kurashaman", - deydi Zlatan.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich 2010-2012 yillarda ham “Milan”da to‘p surgan va 85 ta o‘yinda 56 ta gol urgan.
Fikrlar