Rasman! Hasanov sobiq klubiga qaytdi

  • 9 yanvar, 09:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligadan Superligaga qaytgan "Qo‘qon-1912" jamoasi ham selektsiya ishlarini davom ettirmoqda. Klub matbuot xizmati bugun yangi transferni e’lon qildi.

Tecno

Klub tarbiyalanuvchisi va qo‘qonlik muxlislarning sevimli futbolchilaridan biri hisoblanmish yarim himoyachi Muhammadanas Hasanov yangi mavsumda yana "Qo‘qon-1912" jamoasida harakat qiladi. U bir necha yillik tanaffusdan so‘ng sobiq jamoasiga qaytdi.

Holbuki, futbolchiga "Bunyodkor" ham jiddiy qiziqish bildirgandi va tomonlar hattoki kelishuvga ham erishishgandi. Biroq keyinchalik vaziyat o‘zgardi va 29 yoshli Hasanov Qo‘qonga qaytishga qaror qildi.

Muhammadanas Hasanov "Qo‘qon-1912" jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi jamoa safida 108 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 9 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.

U o‘tgan yili "Lokomotiv"da to‘p surib, 27 ta o‘yinda va 3 ta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!