
Rasman! FIFA 2026 yilgi mundial formatini tasdiqladi. Endi guruhda 3-o‘rinni egallagan jamoa ham pley-offda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi!
FIFA kengashi 2026 yildan boshlab jahon chempionatining yangi formatini tasdiqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ruanda poytaxti Kigali shahrida bo‘lib o‘tgan FIFA kongressida 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlandi, unda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi.
Dastlab 48 nafar ishtirokchi terma jamoa 3 tadan jamoadan iborat 16 ta guruhga bo‘linishni rejalashtirgan edi. FIFA bu g‘oyadan voz kechib, har birida 4 ta jamoa bo‘lgan 12 ta guruhli formatni tanladi.
Unga ko‘ra, 12 ta guruhda 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek guruhlarda eng yaxshi natija qayd etgan 8 ta 3-o‘rin sohiblari ham 1/16 final bosqichiga yo‘llanma oladi.
Okean ortidagi jahon chempionatida jami 104 ta o‘yin o‘tkaziladi. Turnir 39 kun davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar