
Rasman. "Fenerbaxche" portugaliyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi
Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi portugaliyalik himoyachi Nelson Semedu bilan shartnoma imzolagani haqida e’lon qildi.
31 yoshli futbolchi "Vulverxempton" klubini erkin agent sifatida tark etdi va yangi jamoasi bilan 2 yillik kelishuvga erishdi.
Semedu so‘nggi 5 mavsumni APLda o‘tkazgan. Undan avval esa "Barselona" va "Benfika" klublarida to‘p surgan.
Nelson "bo‘rilar" safida umumiy 182 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar