
Rasman! Falkao "Galatasaroy"ga o‘tdi
“Monako” klubi hujumchisi Radamel Falkao nihoyat jamoasini o‘zgartirdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha kolumbiyalik futbolchi endi “Galatasaroy” sharafini himoya qiladi. Turk klubi uni monakoliklardan 5 mln evroga sotib olgan. Falkao esa yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Falkao “Monako” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 140ta o‘yinda maydonga tushdi va 83ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar