Rasman! "Dinamo" Anvar Hojimirzaev bilan shartnomani uzaytirdi
"Dinamo" Anvar Hojimirzaev bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.
"Dinamo" PFK Superliga-2025 yakuniga ko‘ra shartnomasi yakuniga etayotgan jamoa etakchilarini o‘z safida qoldirishni va 2026 yilgi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan.
Yakunlangan mavsumda "Dinamo" sharafini munosib himoya qilib, jamoa sardoriga aylangan Anvarjon Hojimirzaev 2026 yilni ham Samarqand jamoasi safida o‘tkazadi. So‘nggi ikki mavsumdan buyon jamoamizning Superligadagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib kelayotgan hujumchi bilan yakuniga etayotgan amaldagi kelishuv 2026 yilning oxirigacha uzaytirilganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
O‘tgan yillar davomida Vadim Abramov qo‘l ostida «Dinamo»ning yangi bosqichga ko‘tarilishiga katta hissa qo‘shgan Anvarjon Hojimirzaev yangi 2026 yilgi mavsumda ham gollari bilan ko‘hna shaharlik muxlislarni xushnud etishiga ishonamiz", - deyiladi xabarda.



Fikrlar