
Rasman: "Chelsi" ikki yildan buyon maydonga tushmagan futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
"Chelsi" rasmiy matbuot xizmati yarim himoyachi Marko van Ginkel bilan shartnomani uzaytirilgani haqida xabar berdi.
Tomonlar bir mavsumga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishdi. Niderlandiyalik futbolchi londonliklar tarkibiga 2013 yilda kelib qo‘shilgan va ortda qolgan muddat ichida "ko‘klar" libosida 4 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Klubdagi faoliyati davomida asosan "Milan", "Stok Siti" va PSV klublarida ijarada to‘p surgan 27 yoshli xavbek so‘nggi marta 2018 yilning may oyida maydonga tushgan edi.
Fikrlar