
Rasman: "Chelsi" himoyachisi bilan shartnomasini uzaytirdi (foto)
"Chelsi" rasman himoyachi Ris Jeyms bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi. Angliyalik futbolchining “aristokratlar” bilan avvalgi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qilar edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumdagi o‘yinidan keyin Jeymsga "Manchester Siti" va "Real" kabi klublar qiziqish bildirgan edi. Biroq, futbolchi “Chelsi”da qolishni bildirdi, bu haqda Risning otasi ma’lum qildi.
Yangi mavsum Jeyms Angliya Premer ligasida 5 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Ma’lumot o‘rnida, “Chelsi” yaqin orada yarim himoyachi Meyson Maunt bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Fikrlar