Rasman. "Buxoro" Ulug‘bek Baqoev bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi
"Buxoro" klubi jamoa bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Buxoro" futbol klubi rahbariyati va jamoamiz bosh murabbiyi Bakoev Ulug‘bek Istamovich bilan o‘zaro kelishilgan holda, ikki taraflama mehnat shartnomasi bekor qilindi. "Buxoro" Futbol Klubi nomidan va muxlislar nomidan Bakoev Ulug‘bek Istamovichga qilgan mehnatlari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz!" - deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, Baqoev 2023 yil 6 aprel sanasidan beri jamoa boshqaruvida edi.



Fikrlar