
Rasman! Bonuchchi Germaniya klubi bilan shartnoma imzoladi
Rasman LeOnardo Bonuchchi faoliyatini Germaniyada davom ettiradigan bo‘ldi. U "Union Berlin" klubi bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sahifasi orqali e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, himoyachi 2010 yildan beri "Yuventus"da to‘p tepib kelardi. Faqatgina 2017/2018 yilgi mavsumda "Milan"ga o‘tib, qaytib kelgan. U turinliklar bilan shartnomasini bekor qilib, "Union Berlin"ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi.
Bonuchchiga Saudiyadan ham taklif bo‘lgandi, lekin futbolchi Evropada qolishni tanladi.
Fikrlar