
Rasman! "Bavariya" futbolchisi yozda "Borussiya" Dortmundga ko‘chib o‘tadi
“Bavariya” himoyachisi Niklas Zyule xorij jamoalaridan bo‘lgan takliflarga qaramay, faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishga qaror qildi.
Aniqrog‘i, Zyule yozda Dortmundning “Borussiya” klubiga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda. “Bavariya” bilan shartnomasi yakunlanadigan futbolchi dortmundliklar safiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shiladi va 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Niklas Zyule professional futbolchilik faoliyatini “Xoffenxaym”da boshlagan. “Bavariya” safida esa 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi.
Fikrlar