
Rasman: "Barselona" sobiq futbolchisini ortga qaytardi
"Arsenal" futbolchisi Ektor Belerin "Barselona" a’zosiga aylandi. Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub ispaniyalik bilan bir yillik bitim imzolagan. Himoyachi "ko‘k-anorranglilar" safiga erkin agent maqomida qo‘shildi.
Ma’lumot o‘rnida, Ektor "Barselona" tariyalanuvchisi hisoblanadi. U 2003 yildan 2011 yilgacha Kataloniya grandi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar